Dramatik bahsda "Klivlend" g‘alaba qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Milliy basketbol assotsiatsiyasining muntazam chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Kunning eng qiziqarli kechgan bahsi "Klivlend" hamda "Minnesota" jamoalari o‘rtasida kechdi. 

Murosasiz kechgan uchrashuvning asosiy vaqti 129:129 hisoblarida yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtda esa maydon egalari 11:9 hisobida ustun keldi. "Klivlend" tarkibida Leybron Jeyms 37 ochko jamg‘arib, jamoasining g‘alabasiga ulkan xissa qo‘shgan bo‘lsa, mehmonlardan Karl Tauns 30 ochko to‘plab, jamoasining sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi. Shu va boshqa uchrashuvlar natijasi: 

"Klivlend" – "Minnesota" 140:138 OT (31:29, 33:37, 37:33, 28:30, 11:9)

"Mayami" – "Xyuston" 101:109 (24:35, 33:26, 23:22, 21:26)

"Detroyt" – "Bruklin" 115:106 (26:21, 27:29, 26:23, 36:33)

"Memfis" – "Yuta" 88:92 (16:21, 23:23, 24:24, 25:24)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!