Drikus Dyu Plessi: "Xamzat Chimaev jangdan besh hafta oldin men butun hayotim davomida qilgan ishni bajarishni boshlabdi"

  • 7 avgust, 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessi bo‘lajak raqibi, chechenistonlik Xamzat Chimaev haqida gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Ko‘pchilik Chimaevning kardiosi yaxshilangani va bu menga qarshi bahsda mahfiy qurol bo‘lishini aytyapti. Yana odamlarning gapiga qaraganda, Xamzat yangi murabbiy bilan juda qattiq mashq qilmoqda. Men uning uchun xursandman – Xamzat jangdan besh hafta oldin men butun hayotim davomida qilgan ishni boshlabdi. U hozir qilayotgan qattiq mehnat – men har bir jangim oldidan qiladigan oddiy ish. Bu men uchun yangilik emas. To‘g‘ri, Chimaev ajoyib jangchi, biroq men uni mag‘lub etib, dunyoni yana lol qoldiraman", – dedi chempion Ariel Xelvani bilan intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi (23-2) va Chimaev (14-0) o‘rtasidagi to‘qnashuv 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!