Drogba: Abraxam mashg‘ulotlarimizni ko‘rishga kelardi va mahoratimizni o‘zlashitirardi

  • 20 sentabr, 2019, 21:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubining sobiq hujumchisi Dide Drogba jamoaning amaldagi yosh forvardi Temmi Abraxam borasida fikr bildirdi.

Tecno

"Abraxamni "Chelsi" akademiyasida shug‘ullanib yurgan paytidan buyon taniman. Bolalar mashg‘ulotlarimizga kelishini va bizning jismoniy mashqlarimizni tomosha qilishlariga o‘rganib qolgan edik. Ishonamanki, ular bizning mahoratimizni va o‘yinga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zlashitirishgan.

Abraxamning o‘yinlaridan ajablanarli holat yo‘q. Sababi, men zaxira jamoasida mashg‘ulot o‘tgan paytlarim birga ishlaganmiz. Bunday lahzalarda men har doim o‘z mahoratim, bilimlarim bilan o‘rtoqlashardim va ular juda tez o‘rganishardi.

Shuning uchun, Temmining ko‘rsatayotgan o‘yinidan hayratga tushmayapman," - dedi Drogba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!