
Dzyudo bo‘yicha JCh start oldi: Lutfullaev yarim finalda
Hozirgina -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimizdan ikkinchisi Sharofiddin Lutfullaev ikki raqibini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi.
Sharofiddin avvaliga Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan Muhammad Rashnonezxad, quvaytlik Omar Altufairi, to‘rtinchi bosqichda avstraliyalik Joshua Kattsni engdi.
Chorak final bellashuvida esa yaponiyalik kuchli raqib Naoxisa Takatoni ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir dzyudochimiz Diyorbek O‘rozboev to‘rtinchi davra uchrashuvini o‘tkazdi.
Afsuski, oltin ochko uchun kechgan bahsda Rio Olimpiadasi sovrindori Xitoy Taypeyi vakili Yung Vey Yangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu dzyudochi ilk uchrashuvida ushbu vazn peshqadami rossiyalik Robert Mshvidobadzeni taslim etgandi.
Fikrlar