Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turniridan so‘ng reyting yangilandi, Bobonov hamon peshqadam, Subxonov 152 pog‘ona yuqoriladi

  • 11.07.2022 19:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo

Subxonov jahon reytingida 152 pog‘ona ko‘tarildi, Bobonov reyting peshqadami

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Vengriyada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu musobaqa qahramonlaridan biri Rahimjon Subxonov (-66 kg) kumush medali va 700 ochko evaziga reytingda 152 pog‘ona ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘lgan Shohruh Baxtiyorov ham o‘z o‘rnini yaxshilab oldi.

Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasi peshqadamligini o‘z qo‘lida saqlab qoldi.

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5365 ochko
40. Kemran Nurillaev – 986 ochko
55. Dilshod Baratov – 610

-66 kg:
1. Denis Vieru (Moldova) – 5519 ochko
12. Sardor Nurullaev – 2184
41. Muhriddin Tilovov – 806
45. Rahimjon Subxonov – 760

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6632 ochko
11. Hikmatilloh To‘raev – 2152
24. Murodjon Yo‘ldoshev – 1611
25. Obidxon No‘’monov – 1450
46. Shahram Ahadov – 850

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6492 ochko
5. Sharofiddin Boltaboev – 3771

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 4814 ochko
2. Mammadali Mehdiev (Ozarbayjon) – 4657
45. Shermuhammad Jandreev (O‘zbekiston) – 730

-100 kg:
1. Jorj Fonseka (Portugaliya) – 5360 ochko
24. Muzaffarbek To‘raboev – 1315
27. Muhammadkarim Xurramov – 1261
49. Otabek To‘raboev – 660

+100 kg:
1. Guram Tushishvili (Gruziya) – 4459 ochko
14. Alisher Yusupov – 2081
26. Shohruh Baxtiyorov – 1240
36. Bekmurod Oltiboev – 832

Ayollar:

-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 5780 ochko
6. Diyora Keldiyorova – 3360

-70 kg:
1. Sanne van Diyke (Niderlandiya) – 4974 ochko
18. Gulnoza Matniyazova – 2072.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!