
Dzyudochilarimiz jamoaviy bahsda kimlarni mag‘lub etdi?
Biroz avval dzyudochilarimiz Kanadalik sportchilarga qarshi bahs olib bordi va muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston 1 - 0 Kanada
Shukurjon Aminova hamyurtlarimizning ishtirokini g‘alaba bilan boshlab berdi. Joriy Olimpiadada yakkalik bahslarining -57 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Krista Deguchi mag‘lub etildi;
O‘zbekiston 2 - 0 Kanada
Murodjon Yo‘ldoshev kanadalik Artur Marjelidon ustidan g‘alaba qozondi;
O‘zbekiston 3 - 0 Kanada
Gunoza Matniyazova jamoa hisobiga yana bir ochkoni qo‘shdi.
Hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova kanadalik Katerin Bshnen-Pinarni mag‘lib etdi;
O‘zbekiston 4 - 0 Kanada
Davlat Bobonovning g‘alabasi jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Endi hamyurtlarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun Italiyaga qarshi bellashishadi.
Fikrlar