EChL. "Jirona" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Kataloniyaliklar 3-marta mag‘lub bo‘ldi
EChLning to‘rtinchi turida "Jirona" PSV mehmoni bo‘lib, 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Flamingo hisobni ochdi, Tilman esa farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Bakayoko hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, Kreychich o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 55-daqiqada Martines qizil kartochka olib, mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolgandi.
Shu tariqa, "Jirona" 3-mag‘lubiyatini qabul qilib olib, turnir jadvalida 26-o‘ringa tushib ketdi. PSV esa 19-pog‘onada.



Izohlar (0)