
EChL. Klublar qaysi savatchadan joy olishdi?
2019/20 yilgi mavsumning Evropa Chempionlar Ligasida guruh bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
28 avgust kuni so‘nggi 3 ta jamoa ushbu musobaqa yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bular: "Ayaks", "Bryugge" va Praganing "Slaviya" jamoalaridur.
Musobaqada ishtirok etuvchi 32 ta jamoa 4 ta savatchaga bo‘lindi va shu asosida qur’a o‘tkaziladi.
Birinchi savatcha: "Liverpul", "Chelsi", "Barselona", "Manchester Siti", "Yuventus", "Bavariya", PSJ, "Zenit".
Ikkinchi savatcha: "Real", "Atletiko", "Borussiya Dortmund", "Napoli", "Shaxter", "Tottenxem", "Benfika", "Ayaks".
Uchinchi savatcha: "Lion", "Bayer", "Zaltsburg", "Olimpiakos", "Valensiya", "Inter", "Dinamo Zagreb", "Bryugge".
To‘rtinchi savatcha: "Lokomotiv", "Genk", "Galatasaroy", "Leyptsig", "Slaviya", "Tsrvena Zvezda", "Atalanta", "Lill".
Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar