
EChL. "Leyptsig" va "Zaltsburg" o‘z maydonida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
Evropa Chempionlar ligasi 3-turi doirasidagi ikkita bellashuv yakuniga etdi. "E" guruhi doirasidagi o‘yinda "Zaltsburg" o‘z maydonida Zagrebning "Dinamo" klubini qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi - 1:0. O‘yindagi yagona gol Noa Okafor nomiga yozildi. U ikkinchi taymning 71-daqiqasida jamoasiga g‘alaba keltiruvchi to‘pni kiritdi.
"F" guruhi doirasidagi "Leyptsig" - "Seltik" bahsida esa muxlislar 3 ta gol guvohi bo‘lishdi. Bellashuv 3:1 hisobida nemis klubi foydasiga hal bo‘ldi. "Buqalar"ning gollariga Kristofer Nkunku va Andre Silva (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Jota nomiga yozildi.
Fikrlar