ECHL. Madriddagi dastlabki uchrashuvda "Bavariya" g'alaba qozondi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
"Real Madrid" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlab, 41-daqiqada Luis Dias hisobni ochgan bo‘lsa, 46-daqiqada Harri Keyn jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib, hisobdagi farqni ikkita oshirdi.
Ketma-ket hujumlardan so‘ng esa mezbonlar futbolchisi Kilian Mbappe 74-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda jamoalar boshqa gol ura olmadi.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi keyingi hafta Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Chorak final
Real Madrid
- Kylian Mbappé 74'
Tugadi
1
:
2
08.04.2026 00:00
Bavariya
- Luis Díaz 41'
- Harry Kane 46'
Fikrlar