EChL. "Manchester Siti" - "Lion": Prevyu

  • 15 avgust, 2020, 18:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir qarashda chorak finalning eng intrigasiz bahsidek ko‘rinayotgan “Manchester Siti” – “Lion” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun bo‘ladi. Ammo e’tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu bosqichda bizni hayron qoldirmagan o‘yinning o‘zi yo‘q: hech kim “Bavariya” bu qadar sermahsullik ko‘rsatishini kutmagan edi. Hattoki, klubning eng optimist muxlislari ham. “RB Leyptsig”ning o‘zi kabi yosh fanatlari qanday sensatsiyani amalga oshirganligi haligacha tushunmayotgan bo‘lsa, ajab emas. Milliarder shayxlar esa “Atalanta” – PSJ o‘yinini so‘nggi daqiqalargacha yurak xuruji ila kuzatishganini taxmin qilish qiyin emas. Shunday ekan, nega “Lion” osonlikcha engilishi kerak? Eng qiziqarlisi, shu kungacha ular “Man Siti”ga yutqazmagan. Kutganmidingiz shunaqasini?
To‘g‘ri, “shaharliklar” bu erga turnirning asosiy favoritlaridan biri “Real”ni xotirjam yutib chiqdi. Ularda bir maromda o‘yin yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy tarkibdan faqatgina Aguero bugun maydonga tusha olmaydi. Uning o‘rnini Gabriel Jezus to‘ldiradi. Yana qaysi hujumchining bunday o‘rindoshi bor? Qolgan chiziqlarda esa hech qanday muammo yo‘q. Bugun Gvardiola yarim final oldidan katta mashg‘ulot o‘tkazib olishi, nemislar taktikasiga qarshi o‘z uslublarini rasmiy o‘yinda sinab ko‘rishi mumkin.

Tecno

man-city-real-madrid-070820zk
“Lion”
Rudi Garsiya shogirdlari oldida qiyin, biroq uddalash mumkin bo‘lgan vazifa turibdi. Ha, “Man Siti”ni yutish mumkin. Manchesterliklar doim bu bosqich favoritlaridan sanalgan. Biroq har safar nimadir ularning yo‘liga g‘ov bo‘lib qolavergan. Nega endi “Lion” bunday to‘siq bo‘la olmasligi kerak? Yuqorida “shaharliklar” turnir favoritini enggani haqida gapirdik. Frantsuzlar ham bu borada raqiblaridan qolishmaydi. Axir ular bu bosqichga Ronaldu boshliq “Yuventus” ustidan qozonilgan galaba evaziga etib keldilar. Bir marta sensatsiya qilgan klub, keyingi safar buni yana uddalay olmasligiga kim kafolat bera oladi?
Boz ustiga, himoya Denayer boshchiligida ishonchli o‘ynayapti, yarim himoyada Auar kabi aqlli futbolchi bor. Va oldingi chiziqda Memfis Depay. Aynan ushbu iste’dodning Manchester shahri bilan yomon xotiralari bor. Bugun uning harakatlari jamoasining natijalariga katta ta’sir qiladi. Ingliz klubining super bo‘lmagan himoyasidan xatolarni aynan niderlandiyalik forvard ko‘rsatib berishi mumkin.
Taxminiy tarkib: Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal, Dyubua, Korne, Gimarayns, Kakere, Auar, Dembele, Depay.
So‘roq ostida: Denayer, Korne, Tete, Auar.

7e9f7-Foto-dnja
“Manchester Siti”
Ulardan 2 yillik evrokuboklarda ishtirok etish taqiqi olib tashlanganligi, raqiblarida o‘yin amaliyotining kam ekanligi, keyingi bosqichda dahshatli “Bavariya” juftlik g‘olibini qarshi olishi mutlaqo hech narsani anglatmaydi. Gvardiola doim shogirdlarini eng maksimal kuch bilan harakat qilishga chorlayveradi. Natijada, “shaharliklar” hisobida ham yirik g‘alabalar etarlicha. Boz ustiga, futbolchilar bu mavsum faqatgina Liga kubogi bilan cheklanishdi. Tarkibida jahonning eng yorqin o‘yinchilari jam bo‘lgan klub vakillari uchun normal holat emas, albatta. O‘z navbatida, Gvardiola ham “shalpangquloq”ni yaqindan ko‘rmaganiga 9 yil bo‘ldi. Top darajadagi mutaxassis uchun biroz uzoqlik qiladi bu vaqt oralig‘i.
Futbolchilar o‘zlarining eng yuqori formasida, kayfiyat yaxshi, o‘yin uslubi ishonchli va eng muhimi, motivatsiya mavjud. De Bryuyne, Raxim Sterling, David Silva kabi jahon darajasidagi yulduzlar Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lmay turib, faoliyatini yakunlagisi kelmaydi. Darvoqe, shu turnirni o‘tkazib, “Manchester Siti”dagi ajoyib faoliyatini tugatadigan Silva uchun ham butun jamoa borini beradi. Bosh sovrinni ko‘tarib turgan sardorlik bog‘ichidagi Silvani tasavvur qilishning o‘zi ham inson tuyg‘ularini jumbushga keltirishi aniq. Demak, ularning ishtiyoqi yana bir karra ortgan.
Taxminiy tarkib: Ederson, Uoker, Lyaport, Kanselu, Rodri, David Silva, De Bryuyne, Bernardu Silva, Sterling, Jezus.

Qatnasha olmaydi: Aguero.

hi-res-04b42b3691961dfafb08ae2704dcea42_crop_north

Murabbiylar
 
Xosep Gvardiola: “Ular kuchli ruhiyatga ega jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Shuningdek, to‘p uchun kurashlarda agressiv, tezkor, foal qanotlar bilan hujumlarga o‘tish, standart vaziyatlardan maksimal foydalanish ularning yutug‘i. Ular yuqori darajadagi jamoa. Avvalo, biz boshqa imkoniyat bo‘lmasligini bilgan holda, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz lozim. Bunday bahslarda ruhiyat ko‘p narsani hal qiladi. Menimcha, yigitlarim barchasiga tayyor”.
x1080
Rudi Garsiya: “O‘ylashimcha, “Yuventus” ustidan qozonilgan g‘alaba bizga katta ishonch beradi. Albatta, ishtaha ovqat paytida keladi, deganlaridek, bizda ham juda katta ishtiyoq mavjud. Raqibimiz bu turnirning asosiy favoriti sanaladi. Biroq biz ortda qolgan bosqichda nimalarga qodirligimizni isbotladik. Bu o‘yin boshqa bahslar singari sensatsion natija bilan yakunlanishiga umid qilamiz”.
garcia leipzig une
Bugungi bahsda ispan murabbiylari qarama-qarshiligiga ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biri to‘p nazoratini hush ko‘ruvchi, boshqasi vaziyat bo‘lishi bilan ularnidan unumli foydalanuvchi sabrli mutaxassis. Maydonda qiziqarli kurash kechishi aniq. Denni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Uchrashuv Lissabondagi “Joze Alvalade” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!