EChL o‘z to‘purarlaridan ayrildi

  • 09.05.2024 04:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. "Borussiya" PSJni, "Real" esa "Bavariya"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bu esa to‘purarlar kurashini yo‘qqa chiqardi. 

Aayni paytda Xarri Keyn va Kilian Mbappe 8 ta goli bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. Undan keyingi o‘rinni egallagan Erling Xoland va Grizmannlar hisobida 6 tadan gol mavjud. 

Turnirda o‘z yurishini davom ettirayotganlar orasida Xoselu, Vinisius va Rodrigo bir xil, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishgan. Fyullkrugda bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" - "Real" o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida 2 iyunga o‘tar kechasi "Uembli"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!