ECHL. PSJ gollarga boy o'tgan o'yinda "Chelsi"ni mag'lub etdi
YECHLning 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda PSJ o‘z uyida "Chelsi"ni qabul qildi va 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 10-daqiqada Barkolya hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Gusto muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida esa Dembele jamoasini oldinga olib chiqdi.
"Aristokratlar" yarim himoyachisi Enzo 57-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ammo o‘yin yakuniga qadar Vitin’ya hamda Xvicha (dubl) o‘z hisoblariga gol yozdirib, parijliklarning yirik g‘alabasini ta’minladi — 5:2.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi keyingi hafta bo‘lib o‘tadi
Fikrlar