
EChLdan chiqib ketgan “Bavariya” bosh murabbiyi yangi ishga o‘tadi
“Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus PSJga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uchun Evropa Chempionlar ligasidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lganini ta’kidladi.
- Bu Flikning “Bavariya” bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasidagi oxirgi uchrashuvi edi. U Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov o‘rniga asosiy nomzod hisoblanadi. Flik yozda taklifni qabul qiladi, - dedi Lotar Mattus jurnalistlar bilan suhbatda.
Xans-Diter Flik 2019 yilning noyabrida “Bavariya”ni qabul qilib olgandi. Bu mutaxassis qo‘l ostida “Bavariya” qator yutuqlarga ega bo‘ldi. Xususan, Myunxen klubi Germaniya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi.
Shuningdek, “Bavariya” futbolchilari xalqaro maydonda Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bosh sovrin sohibi bo‘ldi.
Fikrlar