EChLning guruh bosqichida "Borussiya" himoyachisidan faqat 2 ta futbolchi ko‘proq gol urdi
Evropa Chempionlar Ligasining 4-turida "Borussiya" Dortmund klubi "Inter" (3:2) ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlar himoyachisi Ashraf Hakimi uchrashuvda dubl qayd etdi.
Shunday qilib, marokashlik futbolchi guruh bosqichining 4 ta bahsida 4 ta gol urishga erishdi.
Guruh bosqichining ortda qolga 4 ta turidan keyin, Hakimidan faqatgina "Zaltsburg" forvardi Erling Xoland (7 ta gol) va "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski (5 ta gol) ko‘proq gol urishgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun yana bir qator jamoalar 4-tur o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Fikrlar