Ed Shiran Deklan Raysga o‘z imzosi tushirilgan gitara sovg‘a qildi

  • 21.04.2025 20:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Taniqli ingliz qo‘shiqchisi Ed Shiran "Arsenal" jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Raysga o‘z imzosi tushirilgan gitarani sovg‘a qildi.

Rays sovg‘aga minnatdorchilik sifatida uni instagram sahifasiga joyladi.

Unda Ed Shiran shunday yozgandi: "Keyingi safar ko‘rishganimizda ushbu gitarani chalib, qo‘shiq kuylaymiz. Jarima zarbalari qotili".

Eslatib o‘tamiz, Deklan "Real Madrid"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi doirasidagi dastlabki uchrashuvda ketma-ket 2 ta jarima zarbasidan unumli foydalangan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu yozda Ed Shiran "Ipsvich" jamoasi aktsionerlaridan biriga aylangan va klubning 1.4 foiz aktsiyalarini sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!