Asosiy mazmunga oʻtish
Eddi Hirn amaldagi UFC chempionini promoushendan olib ketmoqchi

Eddi Hirn amaldagi UFC chempionini promoushendan olib ketmoqchi

  • 0
  • MMA

Taniqli boks promouteri Eddi Hirn UFC prezidenti Dana Uaytdan amaldagi chempion Tom Aspinall bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishni so‘ramoqda.

"Tom va UFC o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinishini istardim. Agar shundan qilinsa, Danaga yozma ravishda kafolat beraman: men Aspinallga hozir to‘lanayotgan puldan kamida uch baravar ko‘p haq to‘layman.

Aslida, UFC rahbari mazkur taklifdan xursand bo‘lishi kerak. Chunki angliyalik men ko‘rgan eng yomon va eng past maoshli shartnomaga imzo chekkan. Bu mutlaqo adolatsizlik. Nimadir o‘zgartirish zarur", – dedi Hirn.

Ma'lumot uchun, Tom Aspinall 2025 yil 5 oktyabrda Siril Ganga qarshi jangda ko‘zidan jarohat olganidan buyon oktagonga qaytmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q