Eddi Xirn: "Joshua dastlab, Daniel Dyubua bilan revansh o‘tkazadi, keyin esa..."

  • 16.12.2024 13:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Taniqli promouter Eddi Xirn boks yulduzi Entoni Joshuaning kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

"Joshua kelasi yili ringga qaytadi. Karerasini tugatishga oz muddat qolgani bois u o‘tkinchi janglarga vaqt sarflamoqchi emas. Entoni dastlab, Daniel Dyubua bilan revansh, keyin esa Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazishni istamoqda”, — dedi Xirn "talkSPORTS" ga.

Eslatib o‘tamiz, Joshua oxirgi jangida Dyubuadan 5-raundda nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!