Ejeni Bushar yana g‘alaba qozondi
Kanadalik tennischi Ejeni Bushar AQShning Xyuston shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqani ikkinchi davrasidan o‘tdi.
Ejeni ikkinchi davrada amerikalik Francheska di Lorensoga qarshi kortga chiqdi. O‘yinda hisob 6:2, 3:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda Franchesko o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Shu tariqa, navbatdagi bosqichga yo‘l olgan Busharning keyingi raqibi birozdan so‘ng aniq bo‘ladi.

Fikrlar