"Ekitike terma jamoaga munosib emas"

  • 31.08.2025 15:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Bris "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitikeni jamoaga taklif qilish haqida o‘ylamaganligini aytdi. Ekitike Frantsiya va Kamerun fuqaroligiga ega. Shu bilan birga, u ilgari Frantsiya yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan.

- Men Ekitike bilan bog‘lanmadim. Sababini tushuntiraman. U Frantsiya termasida harakat qilish uchun bor kuchini sarfladi, ammo uddalay olmadi. Endi biz, Kamerun, uning ikkinchi tanlovi bo‘lishimiz kerakmi? Men kimningdir ikkinchi tanloviga aylanishni xohlamayman. Bizda chin yurakdan o‘ynaydigan yaxshi futbolchilarimiz bor. Menga aynan shunday o‘yinchilar kerak. Uning yaxshi futbolchi ekanligiga shubham yo‘q. Ammo hozirgi vaziyatda u bu erda bo‘lishga munosib emas", - dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, yozgi transferlar oynasida Ugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!