Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasidagi sobiq yordamchisini ishga taklif qildi

  • 30 may, 2021, 20:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan argentinalik Ektor Kuper o‘zining murabbiylar shtabini yig‘moqda.

Tecno

O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasida Kuperga yaqindan yordam bergan Mahmud Fayoz endilikda Kongo DR termasida ham argentinalik murabbiy bilan birga ish olib boradi. Bu haqida Fayoz o‘zining feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

kuper2

Bungacha ushbu mutaxassis ma’lum vaqt BAA terma jamoasida ishladi. Lekin u erdan ketgach, uzoq vaqt ishsiz qolgani yo‘q. Endilikda Ektor Kuper hamda Mahmud Fayoz Kongo DR termasida ham faoliyat olib borishadi. Ular milliy terma jamoamizdan oldin Misr termasida ham ishlaganini eslatib o‘tish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!