EL. Yaxshiboev to‘p tepayotgan jamoa penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Braga" - "Sherif" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ilk uchrashuvda Yaxshiboev to‘p tepayotgan jamoa ham shu hisobda zafar quchgandi.
Shu tariqa, muxlislar ekstra taymlar guvohi bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Unda "Braga" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.
Ma’lumot uchun, Jasur ushbu to‘qnashuvning 111-daqiqasida zaxiraga olindi. U Portugaliya jamoasiga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar