Eldor Shomurodov O‘zbekiston MTJning eng yaxshi to‘purariga aylangani haqida post qoldirdi

  • 16.06.2023 07:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "CAFA Nations Cup" turniri ikkinchi turi doirasida Turkmanistonga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va dubl muallifiga aylandi.

35 va 36-to‘plarini kiritgan mahoratli hujumchimiz "oq bo‘rilar" libosida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Eldor o‘yindan keyin "Instagram"dagi sahifasida quyidagicha post qoldirdi:

"O‘zbekiston to‘purari bo‘lganimdan juda xursandman. Bundan ajoyib natijaga erishishni faqat orzu qilardim, ammo agar mehnat qilsak, barchasini qo‘lga kiritish mumkin.

Oilamga mehr va qo‘llab-quvvatlab turgani uchun, jamoadoshlarimga birgalikda amalga oshirgan ishlarimiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

O‘zgacha lahzalarni qizaqog‘imga bag‘ishladim".

IMG_0557

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!