Eldor Shomurodov Turkiyada mavsumning eng yaxshilari qatorida!
Turkiya Superligasining joriy mavsumi oʻz nihoyasiga yetib bormoqda. Mavsum avvalida "Roma"dan "Istanbul Boshakshеhir" safiga koʻchib oʻtgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov bir qator eʼtiborga molik natijalar qayd etmoqda.
Xususan, oʻzbekistonlik forvard mavsum ramziy jamoasidan joy oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
"Futbolchimiz Eldor Shomurodov Superliga mavsumi ramziy jamoasidan oʻrin oldi", — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Shomurodov “Boshakshеhir” safida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol va 4 ta assist muallifi boʻldi. Hujumchi ayni paytda chempionat toʻpurarlari roʻyxatida ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Fikrlar