Eldor Shomurodovning transfer narxi ko‘tarildi
Eldor Shomurodovning "Roma" futbolchisiga aylanishini ko‘pchilik kutmoqda. Hamyurtimizning Genuyadan Rimga ko‘chib o‘tishini futbol jamoatchiligi muhokama qilyapti.
Joze Mourinoni murabbilikka olib kelgan jamoa Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqib bilan ijaraga olmoqchi. Buning uchun rimliklar 16 million evro berishga tayyor edi.
Italiyadagi OAV tarqatgan oxirgi xabarlarga qaraganda, "Roma" Eldor Shomurodovning transferi uchun yana 2 million evro qo‘shib beradi. Hamyurtimizning o‘zi ham yiliga 2 million evro maosh olishi aytilmoqda. Transfer tez orada e’lon qilinadi.

Fikrlar