Elina Svitolina chorak finalda o‘ynaydi
“WTA Brisbane International – 2018” turnirida Ukraina sharafini himoya qilayotgan Elina Svitolina ikkinchi davrada xorvatiyalik Ana Konyuxni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalda britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Brisben shahrida o‘tayotgan turnirning chorak finaliga chiqish uchun Aleksandra Sasnovich (Belarus) va Anett Kontaveyt (Estoniya) o‘zaro raqobatlashdi. Uch set davom etgan o‘yinda Aleksandra raqibasini 1:6, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, estoniyalik Kayya Kanepi ukrainalik Lesya Tsurenko ustidan 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar