Endi u kerak emas! “Chelsi” jamoa yetakchisini sotib yuboradigan bo‘ldi
Londonning “Chelsi” klubi kelasi yozgi transferlar oynasi davrida jamoa yetakchisi Pedru Netu transferi bo‘yicha har qanday takliflarni qabul qilishga tayyor.
Bu haqida Matchday Central nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yangi bosh murabbiy Liam Rosenyorning kelasi mavsum rejalariга kiritilmaydishan bo‘ldi.
Angliyalik mutaxassis uchrashuvlarda hujumning hujumning o‘ng qanotida boshqa muqobil variantlardan foydalanmoqchi. Xususan, Liam Rosenyor bu pozitsiyada Jeovani Kenda va Estevaoga ko‘proq suyanmoqchi.
Shu sababli klub rahbariyat 24 yoshli portugalialik o‘yinchini mo‘may daromad evaziga sotib yuborish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘ldi.
Netuga ispan klublari qiziqish bildirmoqda, ular orasida Madriddning “Atletiko” jamoasi ham tilga olinmoqda. Madriddliklar futbolchining transferiga oid ma’lumotlarni so‘ragani haqida ham ma’lumotlar bor.
Joriy mavsumda jamoa yetakchilaridan hisoblangan Netu barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar