Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Endrik «Arsenal»ga o‘tishi mumkin

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida muntazam o‘yin amaliyoti uchun «Arsenal»ga o‘tishi mumkin

Endrik qishki transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Joze Mourin’yu qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. «Arsenal» esa Viktor D’yo’keresh va Kay Haverz kabi hujumchilarga ega bo‘lishiga qaramay, Endrikni jamoaning gol urish bilan bog‘liq muammolariga yechim sifatida ko‘rmoqda.

Shu bilan birga, Mourin’yu braziliyalik futbolchining jamoada qolishini istamoqda. Biroq uning vakillari faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantlarini o‘rganmoqda.

Joriy mavsumda Endrik «Real» safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q