
Endrik: "Sen fenomensan"
Endrik Angliya mag‘lub etilganidan so‘ng Vinisius Juniorni "fenomen" deb olqishladi.
Kecha Braziliya terma jamoasi "Uembli"dagi o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyani mag‘lub etdi.
Yagona gol 80-daqiqada "Palmeyras"da to‘p surayotgan "Real"ga tegishli Endrik tomonidan kiritildi. Vinisius yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmagach, Endrik qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
O‘yindan so‘ng 17 yoshli hujumchi Vinisiusning instagram'dagi akkauntida ularning birga tushgan suratini joylab, "sen fenomensan", deya izoh qoldirdi.
Fikrlar