"Energetik-BGU" safarda 4:1 yirik hisobida g‘alaba qozondi. Gollarning bariga legionerlarimiz mualliflik qildi

Belarus chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Neman" hamda "Energetik-BGU" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Talabalar" safidagi gollarga legionerlarimiz mualliflik qildi. Bobir Abdiholiqov xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Abduqodir Husanov o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Ma’lumot uchun, "Energetik-BGU" turnir jadvalida 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!