Eng katta maoshni qaysi murabbiy olyapti?

  • 06.04.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasining (APL) joriy mavsumidagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar nomlari va ularning maoshlari miqdori maʼlum boʻldi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola liganing eng yuqori maosh oluvchi murabbiylari roʻyxatiga boshchilik qilmoqda.  L'Équipe maʼlumotiga koʻra, uning oylik daromadi 1,92 million yevroga teng.

Eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar uchligidan joriy mavsumda yetakchilikni oʻz qoʻliga olgan “Arsenal” ustozi Mikel Arteta va “Aston Villa”ni yuqori oʻrinlarga olib chiqishni uddalagan Unay Emeri qayd etilgan.

Areta londonliklardan oyiga 1,24 million yevro maosh olayotgan boʻlsa, Emerining oylik daromadi 770 ming yevroni tashkil qiladi.

Qiziqi shundaki, Angliyada eng koʻp pul topayotgan har uchala mutaxassis ispaniyalik hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!