
Eng zo‘r jamoani boshqarishga to‘qqiz da’vogar. Kutilgan va kutilmagan nomzodlar bor!
Keyingi yillarda Evropaning eng qudratli jamoasiga aylangan “Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum yakunlanishi bilan iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Bu mutaxassis Germaniya terma jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda.
Myunxen superklubi Flikni o‘rnini egallaydigan mutaxassislar ro‘yxatini tuzdi.
Birinchi navbatda, klub rahbariyati jamoaga “Leyptsig” ustozi Yulian Nagelsmann, “Ayaks”ni boshqarayotgan Erik Ten Xag va PSVda ishlagan “Bavariya”ning sobiq yulduzi Marko Van Bommelni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.
Rahbariyatning zaxira ro‘yxatiga yana olti nafar mutaxassis kiritildi. Ular orasida mashhur murabbiylarning nomi ham bor. Xususan, Bundesliga chempioni Maks Allegri, Joze Mourino, Oliver Glasner, Yoaxim Lev, Ralf Rangnik va Arsen Vengerni ishga chorlashi mumkin.
Fikrlar