Eng zo‘r o‘yinchilar nega “Manchester Yunayted”dan qochyapti?

  • 15 yanvar, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Erik Kantona mashhur klub keyingi paytda zo‘r transferlarni amalga oshira olmayotganiga izoh berdi.

- “Manchester Yunayted”ni ser Aleks Fergyuson shug‘ullantirganda, klubga dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi kerak bo‘lib qolsa,  u Angliyaga hech ikkilanmay ko‘chib kelardi. Chunki jamoa ichki turnirlarda ham, Evropa miqyosidagi musobaqalarda ham g‘olib chiqishga qodir edi. “Yunayted” jahonning eng qudratli klubi edi va har qanday o‘yinchini olishga puli etardi.

Hozir hammasi boshqacha. Eng zo‘r o‘yinchilar sovrinlarga ega chiqishni istaydi. “Manchester Yunayted”da bu borada katta kamchilik bor.

Bu vaziyatda “Liverpul”ga o‘xshab, aqlli ishlarni amalga oshirish kerak. Ular hali dunyoning eng zo‘r futbolchilari qatoriga qo‘shilmagan Sadio Mane va Muhammad Salohni olishdi. Bu futbolchilar muhiti juda zo‘r jamoaga kelib, birgalikda zafar quchishdi. Shundan keyingina Saloh ham, Mane ham eng zo‘r o‘yinchilarga aylandi. Bu “Manchester Yunayted” uchun ajoyib o‘rnak, - dedi Erik Kantona.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!