Engil atletika. Shohruh Davlatov Keniyada shug‘ullanmoqda

CHERY AUTO

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov yana Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Hamyurtimiz Iten shaharda noyabr oyining so‘nggiga qadar shug‘ullanadi. Bu haqda O‘zbekiston Miliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Rejaga ko‘ra, Davlatov 27 oktyabr kuni Valensiyada o‘tadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi. Shundan so‘ng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi.

Atletimiz 27 noyabr kuni Itendagi so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazib, yana Valensiyaga yo‘l oladi. U erda hamyurtimiz 1-dekabrga belgilangan “platinum” darajasidagi marafonda qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!