Engil vaznda dunyoning eng yaxshi bokschisi kim? Teddi Atlas javob berdi

  • 7 iyul, 2024, 17:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mashhur boks murabbiyi Teddi Atlas dunyoning eng yaxshi engil vazn(61,2 kg)li  bokschisi kimligini aytdi.

“Jervonta Devis engil vazn toifasida eng yaxshi bokschi. Hozir u o‘zining eng yuqori sport formasida. Devis juda kuchli zarba ega bo‘lishiga qaramasdan, raqibni tuzoqqa ilintira oladi va o‘z vaqtida to‘g‘ri harakatlanadi. Sabr lozim bo‘lganda sabr qiladi. Unda bokschi uchun kerakli bo‘lgan hamma narsa bor”, — deya Atlas so‘zlarini keltiradi ProBox TV.

Ma’lumot uchun, Jervonta Devis 29 yoshda. Amerikalik professional sifatida 2013 yilda debyut qilgan. Uning hozirgi natijasi – 30-0, 28 KO.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!