Engil vaznda Maxachevga munosib raqib qolmadimi?

  • 14.08.2024 21:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida UFC reytingining beshinchi raqamli jangchisi Mateush Gamrot(24-2-1 N/C) amaldagi chempion Islom Maxachev(26-1)ga bu vaznda munosib raqiblar qolmadi, degan fikrga qo‘shilmayapti.

"Men engil vazn toifasida eng yaxshi jangchiman. Albatta, Islomning ham darajasi yuqori va u har doim mahoratini yaxshi namoyish etadi, biroq u bilan oktagonda uchrashsak, u meni enga olmaydi, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, u yarim o‘rtaga ko‘tarilmaydi, engil vaznda qoladi.

Balki bu yil bo‘lmasa ham, kelasi yil ikkimiz albatta uchrashamiz. O‘shanda kim engil vazn toifasida eng yaxshi jangchi ekanini hamma bilib oladi", – dedi polshalik jangchi Home of Fight nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!