Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Enzo Fernandez "Real"ga javobini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Manbalarga koʻra, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Enzo Fernandez «Real» jamoasiga ehtimoliy transferi borasida oʻz pozitsiyasini bildirgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchi hozircha Madrid klubiga oʻtishni istamaydi. U faqat bitta holatda bu variantni koʻrib chiqishga tayyor. 

Unga koʻra, agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun juda qattiq jazoga uchrasa va «Etihod»da qolish deyarli imkonsiz boʻlib qolsagina Enzo madridliklar taklifini qabul qilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Enzo Fernandez yozgi transfer oynasida «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga oʻtgan, manchesterliklar uning transfer huquqlarini toʻliq sotib olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q