Entoni Joshuа Nigеriyadagi avtоhalоkatdan so‘ng birinchi marta muxlislariga murojaat qildi

  • 31.01.2026 02:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Buyuk Britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshuа Nigeriyada murabbiylarining o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokatdan keyin birinchi marta muxlislariga murojaat qildi.

"Bir kun kelib narigi dunyoga ketadigan vaqtim keladi va men bundan umuman qo‘rqmayapman. Hatto ikki aka-ukam meni narigi tomonda kutib turishini o‘ylab xotirjamman. Ilgari ham yaqinlarimni yo‘qotganman, biroq butun yo‘l davomida chap va o‘ng qo‘llarim bo‘lgan insonlarni yo‘qotmagandim. Nima ham derdim, missiya baribir davom etishi kerak. Men, albatta, ibodat qilaman va ularning oilalari uchun orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam beraman", – dedi Entoni "Ready to Fight" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Joshuа oxirgi jangida taniqli bokschi-bloger Jeyk Polni 6-raundda nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!