Enzo Fernandez: "Mareskaning ketishi jamoaga zarba bo‘ldi"

  • 21.03.2026 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Enzo Fernandez "Chelsi" futbolchilari Enzo Mareskaning isteʼfosini tushunmaganini aytdi.

Italiyalik mutaxassis joriy yil yanvar oyida lavozimidan ozod etilgan va uning oʻrnini Liem Rosenyor egallagan edi.

"Men ham bu qarorni tushunmadim. Baʼzida shunday holatlar boʻladiki, biz futbolchilar klub nega bunday qaror qabul qilganini anglay olmaymiz.

Albatta, murabbiyning ketishi bizga taʼsir qildi, chunki jamoamizning oʻziga xos uslubi bor edi.

Uning oʻyin modeli doim juda tushunarli edi — mashgʻulotlarda ham, oʻyinlarda ham. Uning ketishi, ayniqsa mavsum oʻrtasida, jamoaga jiddiy zarba boʻldi", — dedi Fernandez.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!