Enzo Fernandez "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi
"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez "Real Madrid"ga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Rostini aytsam, hozircha bu borada hech narsa yo'q. Hech qanday muzokaralar olib borilayotganini yo'q. Men hozir "Chelsi'"va mavsumning qolgan qismiga e'tibor qaratganman. Jahon chempionatidan keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Fernandez. Uning so'zlarini insayder Fabrizio Romano keltirgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida "aristokratlar" safida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar