Enzo Fernandez "Barsa" va "Real" oʻrtasida tanlov qildi
Hafa bo‘lish yo‘q!
Enzo Fernandez «Barselona» taklifini rad etdi. «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandezning kelajagi borasidagi mish-mishlar yanada kuchaydi. Bir necha kun avval «Barselona» argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol olamidagi manbalarga ko‘ra, «Barselona» sport direktori Deku Enzo Fernandezning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Ammo yarim himoyachi Kataloniya klubiga o‘tish variantni darhol rad etgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Enzo Fernandez uchun eng maqbul yo‘nalish sifatida «Manchester Siti» yoki «Real» klublari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, «Chelsi» rahbariyati futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo buning uchun kamida 140 million yevro atrofidagi summa taklif etilishi kerakligi ta’kidlanmoqda.
Izohlar (0)