Asosiy mazmunga oʻtish
Erik Garsiya jarohat olmadi — himoyachi tez orada safga qaytishi kutilmoqda

Erik Garsiya jarohat olmadi — himoyachi tez orada safga qaytishi kutilmoqda

  • 0
  • Futbol

Erik Garsiya Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Nyukasl"ga qarshi oʻyinda birinchi boʻlimdayoq maydonni tark etdi.

25 yoshli futbolchi 22-daqiqada almashtirildi va uning oʻrniga Ronald Arauho tushirildi. "Jijantes" maʼlumotiga koʻra, Garsiyada mushak uzilishi aniqlanmagan — u ehtiyot chorasi sifatida almashtirilgan.

Kutilmoqdaki, ispaniyalik himoyachi terma jamoalar oʻyinlari uchun tanaffusdan soʻng safga qaytadi.

Xans-Diter Flik shogirdlari ushbu bahsda "Nyukasl"ni 7:2 hisobida magʻlub etib, Chempionlar ligasi chorak finaliga yoʻl oldi.

22 mart kuni "Barselona" oʻz maydonida "Rayo Valyekano"ni qabul qiladi. "Atletiko"ga qarshi keyingi uchrashuv esa xalqaro tanaffusdan keyin, 4 aprel kuniga belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q