Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ga qaysi futbolchini olishni aytdi

  • 19.05.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klub xo‘jayinlaridan o‘zining sobiq jamoasi – “Ayaks”dan himoyachi Lisandro Martinesni olib kelishni so‘radi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Erik ten Xag “Manchester Yunayted” himoyasini tezkor futbolchilardan tashkil qilmoqchi. 24 yoshli Lisandro Martines aynan tezlik bobida benazir hisoblanadi va yangi taktikaga to‘liq moslashgan.

Bu o‘yinchini olish uchun manchesterliklar 30 million evrodan voz kechishi talab qilinadi.

Shuningdek, Erik ten Xag tez orada maydon markaziga ikki o‘yinchi olinishi kerakligini aytyapti. Ulardan biri hujum tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan pleymeyker bo‘ladi. Bu vazifaga “Barselona” vakili Frenki de Yong mo‘ljallanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!