Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Erling Xoland faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning rejasi aniq

Erling Holand «Manchester Siti»ni tark etishni rejalashtirmayapti. «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand jamoada qolishga qaror qilgan. 

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaning yozishicha, norvegiyalik forvard atrofidagi turli mish-mishlar va klub kelajagi borasidagi noaniqliklarga qaramay, to‘liq e’tiborini «shaharliklar» safidagi o‘yinlarga qaratgan.

Shu bilan birga, agar kelajakda Holand baribir «Siti»dan ketishga qaror qilsa, u holda asosiy yo‘nalish sifatida Ispaniya chempionati — La Liga ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlanadi.

Shuningdek, xabarlarda qayd etilishicha, «Bavariya» va «PSJ» ham Holand uchun kurashga tayyor. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» va «Real» «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va zarurat tug‘ilsa, hujumchini qo‘lga kiritish uchun harakat qilishga shay turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q