Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Erling Xolandga ikki yangi da'vogar chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

To‘purar "Siti"dan ketadimi?

Norvegiyalik yulduz muammodagi «Manchester Siti»ni tark etadimi?

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar kuchaymoqda. Klub atrofida moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha jiddiy ayblovlar paydo bo‘ldi va shu sababli «shaharliklar» Angliya premyer-ligasidan chiqarib yuborilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda.

Touchline nashrining yozishicha, vaziyatdan foydalanishni «PSJ» va «Arsenal» rejalashtirmoqda. Manbalarga ko‘ra, har ikki klub ham yaqin vaqt ichida Holandni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari norvegiyalik forvardga «Real» va «Barselona» tomonidan ham jiddiy qiziqish borligini xabar qilgan edi. Ispaniyaning bu ikki grandi Holandni qo‘lga kiritish masalasini ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rayotgani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q