Eron JCh-2026da ishtirok etmaydi
Eron sport vaziri Ahmad Donyamaliy milliy terma jamoaning AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etmasligini aytdi.
"Korrupsiyaga botgan hukumat bizning yetakchimizni o‘ldirganidan keyin Jahon chempionatida ishtirok etishimiz uchun asos ham qolmadi.
Eronga qarshi shafqatsiz harakatlar fonida — so‘nggi sakkiz yoki to‘qqiz oy ichida bizga ikki marta urush ochildi. Natijada, minglab vatandoshlarimiz halok bo‘ldi.
Shu sababli bunday sharoitda chempionatda qatnashish imkoniyati mutlaqo yo‘q", — deya amaldorning so‘zlarini keltirdi TV2.
Eslatib o‘tamiz, forslar JCh-2026da “G” guruhidan o‘rin olishgan edi. Ushbu guruhda Belgiya, Misr va Yangi Zelandia terma jamoalari o‘rin olishgan.
Fikrlar