
Eron Pro-ligasi. Bugun Masharipov jamoasi safarda o‘z o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Eron chempionati doirasida 17-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unda hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladigan "Istiqlol" klubi safarda o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Tehron jamoasiga mazkur to‘qnashuvda "Malavan" klubi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:45 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Istiqlol" ayni paytda 35 ochko bilan turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Javad Nekunam shogirdlari 16 o‘yinda 10 g‘alaba, 5 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar