Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Eronda katta yo‘qotish!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 3

Bellashuv ertaga soat 21:00da "Ozodi" stadionida start oladi.

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

"varzesh3" nashri xabariga ko‘ra, ushbu bahsda Eron terma jamoasi va "Istiqlol" himoyachisi (terma jamoada yarim himoya ampulasida o‘ynagan) Ro‘zbex Cheshmi son mushaklaridagi jarohat sababli terma jamoaning guruh mashg‘ulotlarida qatnashmayapti va O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

BAAga qarshi bahsda Muhammad Mohebi ham diskvalifikatsiya tufayli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi. "Oq bo‘rilar" safida esa Jaloliddin Masharipov o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Eron - O‘zbekiston bellashuvi ertaga soat 21:00da "Ozodi" stadionida start oladi. 

Image

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q