Estevao "Chelsi" bo‘yicha qaror qabul qildi
Xabi Alonsoning ko‘nglini topa olmayotgan edi
Londonning «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Estevao Villian yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida maydonga tushish imkoniyatini topishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, shunga qaramay braziliyalik futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirayotgani yo‘q. U shu mavsumda o‘z imkoniyati kelishini sabr bilan kutish niyatida.
Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida 19 yoshli Estevao to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol ham, golli pas ham qayd etolmadi.
Yordamchi hujumchi bilan tuzilgan shartnoma 2033 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mutassaddilar Estevaoning transfer qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)