Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Estevao "Chelsi"ga yana ultimatum qoʻydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Klub uning qadriga yetmayapti

«Chelsi» tarkibidagi braziliyalik yosh vinger Estevao jamoada yetarlicha o‘yin amaliyoti olmayotgani sabab norozilik bildirmoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyati oldiga keskin talab qo‘ygan. Agar yaqin vaqt ichida u uchun maydonga tushish imkoniyatlari oshmasa, Estevao qishki transfer oynasida London klubini to‘liq tark etish masalasini ko‘tarishga tayyor.

Estevao bilan «Chelsi» o‘rtasidagi shartnoma 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yosh vingerga «Barselona», PSJ va «Bavariya» kabi yetakchi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q